Суббота, 19.08.2017, 16:12
Приветствую Вас Гость | RSS
MASHHUR.UZ MASHHURLAR BILAN BIRGA
Главная » 2017 » Май » 15 » Uzbekiston futbol uyinchilari
21:08
Uzbekiston futbol uyinchilari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Tailand terma jamoalari 6-iyun kuni Toshkentdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvning qaysi stadionda o‘tishiga oydinlik kiritilmagan. Avvalroq Tailand o‘zbekistonliklarni Bangkokda ko‘rishni istagani uchun tomonlar o‘zaro kelisha olmagandi.

Ma’lumot uchun, JCh—2018 saralash bosqichida O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. “B” guruhidagi Tailand esa 7 o‘yindan keyin 1 ochko bilan so‘nggi — 6-pog‘onani band qilib turibdi.

Tailandga qarshi bellashuv 12-iyun kuni Tehronda bo‘lib o‘tadigan Eron milliy terma jamoasiga qarshi o‘yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Tailand esa 13-iyun kuni o‘z maydonida BAAni qabul qiladi.

Avvalroq O‘zbekiston termasining bo‘lajak raqibi Eron 4-iyun kuni Chernogoriyaga qarshi bahs olib borishi ma’lum qilingandi.
Просмотров: 104 | Добавил: SHER | Теги: futbol uzbekistan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев : 0
Ism *:
Email:
Ximoya Kodi *:
Форма входа
AFISHALAR
           
SO'ROVLAR
Eng yaxshi musiqiy telekanal?
Ovozlar: 17
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

MIRZO BY DIZAYN